Аvtokreditni qanday olish mumkin: qadam-baqadam yoʼriqnoma - Zaimer.uz - финансовый супермаркет

Qarz tanlash

Garov
Qarz miqdori
Qarz muddati
Oy
Shahar
Qarz tanlash

Аvtokreditni qanday olish mumkin: qadam-baqadam yoʼriqnoma

img

Аgar Sizda jamgʼarib qoʼygan mablagʼingiz yetarli boʼlmasa, unda sizga katta ehtimol bilan avtokredit olish uchun ariza berishingizga toʼgʼri keladi. Yaxshiyamki, hozirgi vaqtda avtokreditni olish anchagina oson boʼldi.

1-qadam: Аvtokreditlashni asosiy shartlarini quyidagilar orqali oʼrganib chiqing

  • banklar va mikrokredit tashkilotlarida;
  • avtomobilь ishlab chiqaruvchilarini rasmiy dilerlarini salonlarida;
  • xarid qilish uchun eng yaxshi kreditlarni tanlab olish boʼyicha ixtisoslashtirilgan agregatorlarda.

2-qadam: Oʼz qarz yukingizni baholang

Qarz yuki – barcha joriy qarzdorlik va rejalashtirilayotgan kreditni oʼrtacha oylik daromadga foizli nisbati.

Masalan, Sizning oylik maoshingiz 4,0 mln.soʼmni tashkil etsa, Sizga  2 mln.dan do 2,6 mln soʼmgacha miqdorda oylik toʼlov hisobladigan kreditni olish tavsiya etiladi.

3-qadam: Oʼz kredit tarixingizni tekshiring

Sizning kreditni toʼla olish qobiliyatingiz, sizga avtokredit ajratilishida muhim omil boʼlib hisoblanadi. Аgar siz yaxshi kredit tarixiga ega boʼlsangiz, moliyaviy muassasalar ishonch bilan  sizga yondoshadi. Yomon kredit tarixiga ega boʼlsangiz, buning aksi boʼladi.

Shunga qaramay, yomon kredit tarixiga ega boʼlish Sizga kredit ajratilmaydi degan tushunchani hosil qilmaydi, biroq Sizga dastlabki badalni koʼp miqdorda kiritishingizga yoki yuqoriroq foiz  stavkalarda toʼlov qilishingizga toʼgʼri keladi.

4-qadam: Kreditni dastlabki maʼquloviga erishing

Kreditni dastlabki maʼqulovi – kreditor (u bank, MKO yoki avtomoblь ishlab chiqaruvchisini dileri boʼladimi), agar oʼz qaroringizni oʼzgartirsangiz, undan voz kechish imkoniyati bilan muayyan mablagʼ miqdorida kredit ola olishingiz huquqini tasdiqlaydi.

Dastlabki maʼqullov sizning moliyaviy holatingizni baholanishini talab qilishi sababli sizning arizangizni maʼqullashini kafolatlamasa ham, u sizga kredit ajratilish yoki ajratilmasligi toʼgʼrisida yaxshi tassavvur yaratadi. Bundan tashqari, dastlabki maʼqullov sizga qarzni soʼndirish boʼyicha oʼz imkoniyatlaringizni real baholashda asqotadi.

5-qadam: Dastlabki badalni kiriting

Keynigi qadam – avtomobilьni sotayotan shaxs bilan oldi-sotdi shartnomasini tuzish. Bir qaqtni oʼzida dastlabki badal kiritiladi. Dastlabki badalning miqdori 0% dan — 50% gacha iborat boʼlib, dastlabki badal qancha koʼp boʼlsa, shuncha foiz stavkasi pastroq boʼladi.

6-qadam: KАSKO sugʼurta polisini rasmiylashtiring

Аvtokreditni ajratilishida KАSKOni rasmiylashtirish talab qilinadi. Bunda kredit tashkilotlari sugʼurta polisini sotib olish mumkin boʼlgan kompaniyalarni, oʼz hamkorlarini roʼyxati bilan cheklab qoʼyishadi.

7-qadam: Quyidagi hujjatlarni moliyaviy muassasaga taqdim qiling

  • avtokreditini berish toʼgʼrisidagi ariza;
  • pasport nusxasi;
  • avtomobilni oldi-sotdi shartnomasi;
  • jismoniy shaxsning daromad manbalari toʼgʼrisida maʼlumotnoma, pensiya yoki boshqa daromad manbalari toʼgʼrisida maʼlumotnoma.

8-qadam: Аvtomobilni sotuvchidan olib keting

Аvtokredit qarz oluvchining ssuda hisob raqamidan kredit shartnomasi asosida sotuvchining  talab qilib olinadigan depozit hisob raqamiga mablagʼ oʼtkazish yoʼli bilan beriladi, bundan keyin bitim tuzilgan hisoblanadi.

Topshirish dalolatnomasini imzolashdan oldin, avtomobilni koʼrikdan oʼtkazish va hujjatlarda xato bor yoʼqligini tekshirib olish muhim hisoblanadi. Аniqlangan kamchiliklarni dalolatnoma kiritish lozim – shunda oʼz huquqlaringizni zarur boʼlganda sud tartibida himoyaqilish oson boʼladi.

Shundan soʼng qarz oluvchiga faqat avtobilni hisobga qoʼyishi va kreditor foydasiga avtomobilni garov taʼminoti sifatida taqdim etishi kerak boʼladi.

Sizni qiziqtirishi mumkin

img 24.01.2024

Tillani lombardga qanday qo‘yish mumkin.

Lombarddan qarz olishni ishonch bilan naq pul olishni qulay va tez yo‘llaridan biri deb aytish mumkin. Sizga kafillar, ko‘plab ma’lumotnomalar va boshqa hujjatlar kerak bo‘lmaydi. Naqd pul olish uchun sizga faqat pasport va garov evaziga berishni istayotgan narsa kerak bo‘ladi.

Va shu yerda savol tug‘iladi: kerakli summani olish uchun lombardga nimani aniq olib kelish kerak ? Eng yutuqli yo‘llardan biri bo‘lib, qimmatbaho metall va toshlardan yasalgan buyumlar hisoblanadi. Barcha zamonlarda tilla qadrlangan va uni odamlar juda yuqori baholaganlar.

Yaxshi lombardda Sizdan shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarni talab qilishligi mumkin. Chunki bunday hujjatlar lombardga bila turib o‘g‘irlangan yoki soxta buyumlarni topshirishga uringan firibgarlarni qidirib topishga va buyumlarni o‘z hujjatlariga ko‘ra shaxsan qaytarib olishga yordam beradi. Firibgarga yo‘liqmaslik uchun Sizning ma’lumotlaringiz IIV ma’lumotlari bilan taqqoslanadi. Agar siz 18 yoshga to‘lmagan bo‘lsangiz, biror bir narsani hech qaysi lombardga topshirishni uddala olmaysiz.  Shuningdek qarz shartnomasi muddati yakunlanganligi to‘g‘risida xabardor qilish uchun sizdan aloqa telefon raqamingizni ko‘rsatish so‘raladi.

Lombard bilan shartnoma ikki nusxada ro‘yxatga olinadi. Birinchisi sizga, ikkinchisi lombardga beriladi. Shartnomani ikki tomon imzolaydi, shartnomada ular to‘g‘risida axborot ko‘rsatib o‘tiladi. Lombardlar tillani ixtisoslashgan do‘konlarga nisbatan past baholarda olishi ehtimol ko‘pchilikka ma’lumdir. Bunda sizni hech kim aldamaydi – chunki do‘konlar va zargarxonalar buyum narxiga nafaqat ishlatilgan materiallarni, balki do‘konning buyurtmasiga ko‘ra buyum ustida ishlagan zargarning ish haqqisini ham qo‘shishadi.  Lombardga esa zargarni ish haqqisini hisobga olish hech qanday ahamiyatga ega emas.

Lombard garovga qo‘yilgan mulkning butligiga javobgardir. Unda mijozlarning barcha buyumlarini shikastlanishi va yo‘qotilishidan himoya qiluvchi sug‘urta bo‘lishi shart. Agar sizning qimmatligingiz bilan biror narsa sodir bo‘lsa, siz tovon pulini olasiz.

Aytaylik, siz tasodifan uzoq vaqtdan beri ishlamayotgan va ta’mirga yaroqsiz bo‘lgan qarindoshingizni antikvar soatini topdingiz. Bunday buyumni o‘zingiz sotishingizni deyarli imkoni yo‘q. Ammo agar siz tillani lombardga qaytarmaslik sharti bilan topshirsangiz, yaxshigina summani olishingiz mumkin.

Lombardga taqinchoqlarni olib borishdan avval, siz uni aniq qaytarib olishingizga ishonch hosil qiling. Biroq ogoh bo‘ling – ko‘pincha lombardlar ushbu vaqtga kredit bo‘yicha katta bo‘lmagan foizlarni belgilashadi. Agar muddat oxiriga siz o‘z taqinchog‘ingizga olishga kelmasangiz, lombard qarz summasini qoplash uchun uni sotish huquqiga ega bo‘ladi.

Lombarda biror-bir narsani topshirishdan avval, birinchi navbatda durust va  batartib kompaniyanini tanlash kerak bo‘ladi. Sizga uch yildan ortiq faoliyat yuritayotgan va yirik lombardlar tarmog‘iga tegishli bo‘lgan lombardni tanlashni maslahat beramiz.

Batafsil
img 07.05.2024

Mikrokredit tashkilotidan naqd pul kreditini qanday olish mumkin

Naqd kredit olasizmi yoki onlayn tarzdami? Bu savolga aniq javob berishning iloji yo’q. Ba’zi hayotiy vaziyatlarda faqat naqd pul kerak bo’ladi: karta to’lovlari ishlamaydi, Internet yo’q, onlayn to’lovlarda muammo bor. Ko’pgina moliyaviy korxonalar naqd pul kreditlarini taklif qilishadi. Buni qaerda, qanday sharoitlarda qilish mumkin – bu haqda keyinroq gaplashamiz.

Naqd pul krediti: taqdim etish shartlari.

Siz bank, lombard yoki mikromoliya tashkilotidan naqd pul kreditini olishingiz mumkin. Ularning har birida ro’yxatdan o’tish shartlari sezilarli darajada farq qiladi:

  1. Bank. Naqd kredit olish uchun ariza berish, siz ijobiy kredit tarixi va daromadingizni rasman tasdiqlash qobiliyatiga ega bo’lgan mavjud qarz oluvchi bo’lishingiz kerak. Agar siz birinchi marta qarz olayotgan bo’lsangiz, kredit reytingingiz tushirilgan, sizning daromadingiz norasmiy – bankdan ijobiy javob olish ehtimoli nolga yaqin.
  2. Lombard. Rasmiy daromadsiz naqd pul kreditini lombardda olish mumkin. Siz qimmatbaho buyum garoviga ega bo’lishingiz muhim – maishiy texnika, mo’yna, zargarlik buyumlari, qimmatli qog’ozlar, professional ish asboblari. Muhim: lombard hech qachon mulkni haqiqiy bozor qiymatida baholamaydi; siz ishonishingiz mumkin bo’lgan maksimal miqdor garov narxining 60%-70% ni tashkil qiladi. Kredit to’lanmagan taqdirda, lombard keyinchalik sotish uchun garovni olishga haqli.
  3. MKO. Ko’pgina mikrokredit kompaniyalari allaqachon onlayn sohaga o’tgan, ammo O’zbekistonda naqd pulda kredit olishni taklif qilayotganlar ham bor. Siz kattalar fuqarosi sifatida pasportingizni, JShShIR(PINFL)-ni ko’rsatish orqali pul olishingiz mumkin. Sizga mobil telefon raqami va hisobdagi ijobiy yoki nol balansga ega bo’lgan har qanday bankning ishlaydigan to’lov kartasi kerak.

Yuqoridagi tashkilotlarga qo’shimcha ravishda siz xususiy kreditordan kredit olishingiz mumkin. Xususiy kreditorlar naqd pul kreditlarini juda yuqori foiz stavkalarida beradilar, ular ko’pincha noqonuniy faoliyat yuritadilar va ular bilan hamkorlik qilish istalmagan.

O‘zbekistonda qanday maqsadlarda naqd kredit olish mumkin?

MCO bilan bog’lanish orqali siz maqsadli bo’lmagan kreditga murojaat qilishingiz mumkin. Bu shuni anglatadiki, qarz beruvchi qarz oluvchining qanday maqsadda qarz olishini aniqlamaydi. Mikrokredit quyidagi maqsadlarda olinishi mumkin:

  • ta’mirlash;
  • kommunal xizmatlarni to’lash;
  • ijara haqini to’lash;
  • o`qish;
  • davolash uchun;
  • boshqa bank yoki MKOda kreditlarini to’lash.

Talabalar, nafaqaxo’rlar, kredit tarixi yomon bo’lgan qarz oluvchilar, tug’ruq ta’tilidagi onalar, ro’yxatdan o’tmagan, ishsiz yoki norasmiy ish bilan band bo’lgan shaxslar daromadini tasdiqlovchi hujjatsiz naqd pul kreditiga murojaat qilishlari mumkin. Kredit nol kredit reytingiga ega bo’lgan asosiy qarz oluvchilarga beriladi.

Kreditni naqd pulda qanday to’lash kerak?

MKO bilan hamkorlik qilganda, kredit bir miqdorda to’lanishini tushunish kerak: asosiy qarz + foiz. Oylik to’lovlarni amalga oshirish shart emas. Odatda, MKO bir nechta to’lov usullarini taklif qiladi:

  • Tashkilot sayti. Ba’zi MKO-larda siz ro’yxatdan o’tishingiz va shaxsiy hisobingizga kirishingiz mumkin bo’lgan rasmiy resurs mavjud. Kartani ulash va anketani to’ldirish orqali siz bank xizmatlari uchun ortiqcha to’lovsiz kreditni to’g’ridan-to’g’ri naqd pulda to’lashingiz mumkin.
  • Terminallar. Odatda siz kredit shartnomasi raqamini, tafsilotlarini, jo’natuvchining to’liq ismini va to’lov miqdorini kiritishingiz kerak. Ba’zan maqsad va boshqa ma’lumotlarni ko’rsatish kerak.
  • Bank kassasi yoki pochta bo’limi. Oxirgi kunni kutmaslik muhim, chunki ba’zi hollarda to’lov uch kun ichida hisoblanishi mumkin va bu kechikish xavfini tug’diradi. Kassirga barcha ma’lumotlarni to’liq taqdim etish muhimdir.O‘zbekistonda kreditni uchinchi tomon tashkilotida naqd pulda to‘lashda barcha chek va kvitansiyalarni saqlashni unutmang.
Batafsil
img 29.01.2024

Oʼzbekistonda qanday qilib davolanish uchun qarzga pul olish mumkin

Oilangiz aʼzolaringiz yoki oʼzingizni sogʼligʼi toʼgʼrisida soʼz borganda, shoshilinch tibbiy yordam, jarrohlik yoki shifoxonaga yotqizish boʼladimi, bunga darhol eʼtibor qaratish  va eng yaxshi parvarish kerak boʼladi.

Tibbiy xizmatlar narxi oshib borayotgan bir vaqtda, Siz uchun davolanish uchun qarzga qaerdan pul olish mumkinligi toʼgʼrisida bilish juda muhimdir. Sizga qanday qilib imkon qadar qarzga pul olishni aytib beramiz.

Davolanish uchun qarzga pul olishni 2 ta varianti mavjud.

1 variant

MKTdan davolanish uchun qarz

MKTlar minimal talablar bilan soddalashtirilgan tarzda qarzni rasmiylashtirishlari mumkin:

  • qarzni rasmiylashtirish chogʼida, banklar tomonidan, qoidaga koʼra soʼraladigan keragidan ortiq hujjatlar talab etilmaydi;
  • qarz oluvchini toʼlov qobiliyatini va kredit tarixini baholashda soddalashtirilgan metodikani qoʼllanadi;
  • qarz berish toʼgʼrisida qaror imkon qadar tez chiqariladi, zarur hujjatlar imzolangandan keyin pul beriladi;
  • garovsiz va kafilsiz sodda tartibda pul olish.

2 variant

Bankdan davolanish uchun kredit

Davolanish uchun kreditni bevosita bankdan ham olish mumkin. Biroq, bunday turdagi kreditni kam sonli banklar berayotganligi va hozirgi kunda ularning soni oʼntadan ham ortiq emasligini yodda tutish kerak.

Bankdan davolanish maqsadida kredit olish uchun, odatdagi hujjatlar toʼplamidan tashqari analiz, muolaja jarayoni, dori-darmonlar va  sarflanadigan materiallar bahosi, bevosita muolaja, jarrohlik aralashuv, reabilitatsiya va shu kabilarni oʼz ichiga olgan klinikaning toʼlov hujjatlarini taqdim etish talab etiladi.

Shu bilan birga, banklar bemorga nisbatan uning qarindoshi boʼlgan qarz oluvchilarga koʼproq ijobiy qarashadi: bunday holatda, bu odam kasallikni choʼzilishi oqibatida toʼlov qobiliyatini yoʼqotmasligi hisobiga mablagʼlarni oʼz vaqtida qaytarish imkoniyatini oshiradi.

Аgar potentsial qarz oluvchi bankning doimiy mijozi sanalsa, benuqson kredit tarixi va yaxshi moliyaviy holatga ega boʼlsa, unda uni kredit olish boʼyicha imkoniyatlari  sezilarli darajada oshadi.

Batafsil