Lombarddan kredit olishda Siz bilishingiz kerak boʼlgan shartlar - Zaimer.uz - финансовый супермаркет

Lombarddan kredit olishda Siz bilishingiz kerak boʼlgan shartlar

img

Film va telekoʼrsatuvlar lombardlar shubhali faoliyat yuritadi degan notoʼgʼri tasavvurni yaratishgan. Аslida esa, lombardlar faoliyati davlat nazorat organlari tomonidan qatʼiy nazorat qilinadi va bu pul olishni eng tez va oson yoʼllaridan biri hisoblanadi.

Lombarddagi foiz stavka

Lombardlar shartnomada belgilangan alohida qoidalardan kelib chiqib, kunlik hisoblanadigan foizlarni hisob-kitob qilishadi. Siz faqat oʼrtacha raqamni hisob-kitobini chiqarib olishingiz mumkin. Odatda u kuniga 0,3%ni tashkil etadi. Yuqori stavkada – 0,5 dan 0,8 %gacha qarz ajratadigan tashkilotlar ham yoʼq emas.

Lombardda kredit olish tartibi

  • Siz qimmatbaho buyumni lombarda olib kelasiz;
  • Lombard uni qiymatini baholaydi va ushbu summa miqdorida sizga qarz beradi;
  • Siz ikki qismdan – qarzni yakka tartibdagi shartlari va garov toʼgʼrisidagi axborotdan iborat garov biletini (kartasini) olasiz. Jadvalda kredit miqdori, soʼndirish muddati, foiz stavkasi, garovga qoʼyilgan buyumni nomi va tavsifi, uni qiymatini bahosi koʼrsatib oʼtiladi.

Nimalarni lombardga topshirish mumkin?

Lombardda zarur boʼlgan mablagʼni quyidagilarni garovga qoʼygan holda olish mumkin:

  • zargarlik buyumlari;
  • antikvar buyumlar;
  • maishiy va orgtexnika;
  • jahonga mashhur brendlarning soatlari.

Zargarlik buyumlarini garovga qoʼyish – foiz evaziga kredit olishning eng samarali usuli hisoblanadi. Ularni esa qayta sotib olish, har doim mumkin.

Lombarddagi kreditlarni muddatlari

Oʼzbekiston Respublikasining amaldagi qonnchiliga muvofiq, lombardlar shaxsiy isteʼmolga moʼljallangan koʼchar mol-mulkni zaklad shaklida garovga qabul qilib, fuqarolarga qisqa muddatli (uch oydan oshmagan muddatga) kreditlar beradi.

Lombardga topshirilgan qimmatbaho buyum, qaytib sotib olinmasa nima boʼladi?

Lombardda ashyolar garovi bilan taʼminlangan kredit summasi belgilangan muddatda qaytarib berilmagan taqdirda, lombard notariusning ijro yozuvi asosida imtiyozli bir oylik muddat oʼtganidan keyin garovga qoʼyilgan mol-mulkni sotish uchun belgilab qoʼyilgan tartibda ushbu mol-mulkni sotishga haqli.

Shundan keyin hatto garovga qoʼyilgan mol-mulkni sotishdan tushgan summa talablarni toʼliq qanoatlantirish uchun yetarli boʼlmasa ham, lombardning garovga qoʼyuvchiga (qarzdorga) talablari bekor boʼladi.

Sizni qiziqtirishi mumkin

img

Аvtokreditni qanday olish mumkin: qadam-baqadam yoʼriqnoma

Batafsil
img

Mikroqarzlar bo‘yicha %larni eng yuqori chegarasi.

Batafsil
img

Pensioner qarz olishi mumkinmi?

Batafsil
img

Doim qarz oluvchi bo‘lib qolmaslik uchun mikroqarzni qanday olish bo‘yicha beshta maslahat.

Batafsil
img

O‘zbekistonda mikroqarzdan foydalangan holda tadbirkorlik faoliyatini boshlash imkoniyatlari

Batafsil
img

Kredit tarixi nima? Bu nimaga ta’sir qiladi?

Batafsil
img

Avtomobil bilan garovga olingan kredit. Afzalliklari va kamchiliklari.

Batafsil
img

O’zbekistonda mikroqarzlar bo’yicha foiz stavkalari: nimalarga e’tibor berish kerak

Batafsil
img

Oʼzbekistonda taʼlim kreditlarini shartlari, muddatlari va stavkalari

Batafsil
img

Mikrokredit tashkilotidan naqd pul kreditini qanday olish mumkin

Batafsil

Qo'ng'iroq buyurtma qilish

Ism
Telefon +998

Qo'ng'iroq buyurtma qilish

Qo'ng'iroq buyurtma qilish