Kredit tarixida xato ? Kredit tarixini qanday to‘g‘irlash mumkin. - Zaimer.uz - финансовый супермаркет

Kredit tarixida xato ? Kredit tarixini qanday to‘g‘irlash mumkin.

img

Ko‘p qarz oluvchilar o‘zlarining kredit tarixlari salbiyligidan aziyat chekishadi. Kredit tarixini qanday qilib to‘g‘irlash mumkinligini ozchilik biladi. Kredit tarixidagi xatolarga, kredit byurolarga ma’lumotlarni uzatishda xatoga yo‘l qo‘ygan banklarning o‘zlari ham sababchi bo‘lishlari mumkin. Ba’zan oilaviy va shaxsiy ishlar kreditni o‘z vaqtida to‘lashga yo‘l qo‘ymaydi, shuningdek begona pasportga kreditni rasmiylashtiradigan firibgarlarning hatti-harakatlari sababli ham kredit tarixi salbiy bo‘lishi mumkin.

Lombarda biror-bir narsani topshirishdan avval, birinchi navbatda durust va  batartib kompaniyanini tanlash kerak bo‘ladi. Sizga uch yildan ortiq faoliyat yuritayotgan va yirik lombardlar tarmog‘iga tegishli bo‘lgan lombardni tanlashni maslahat beramiz.

Kredit tarixini buzishi mumkin bo‘lgan eng ko‘p uchraydigan 2 sababni batafsil ko‘rib chiqamiz:

  •  Bankdagi texnik nosozlik va xato tufayli kredit tarixini salbiylashishi.  Bu holat sizning kredit tarixingizni to‘g‘irlashning eng oson yo‘lining biridir.  Odatda, xatoni yuzaga kelishi aybdor bo‘lgan kreditorni o‘zi uni to‘g‘irlashdan manfaatdor bo‘ladi. Kredit tarixi u (qarz berayotgan bank) tomondan shakllanishidan kelib chiqib, muammo tavsifi bilan kredit tarixini tuzatish to‘g‘risida ariza berilishi kerak.Kredit tarixi kreditor tomonidan tiklanishi shart. Shuningdek, kredit tarixi byurosiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin. Noto‘g‘ri ma’lumot yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi sizning arizangiz berilgan keyin, byuro tekshiruv o‘tkazadi va  kredit tarixini to‘g‘irlashi mumkin.
  • Kredit tarixi firibgarlarning aralashuvi sababli salbiylashuvi. Bu holat firibgarlar o‘g‘irlangan hujjatlar yoki undagi ma’lumotlar bo‘yicha kreditni rasmiylashtirganda yuzaga keladi. Bugungi kunda bunday holatlar kam emas. Ko‘pincha, qarindoshlaringizni o‘zi sizning ma’lumotlaringizdan foydalangan holda, kreditni rasmiylashtirishi mumkin. Aslida, shuning uchun mutaxassislar maxinasiyalarni o‘z vaqtida ko‘rish va ma’lumotlarni to‘g‘irlash bo‘yicha choralarni amalga oshirish maqsadida o‘z kredit tarixini muntazam ravishda kuzatib borishni  tavsiya etadilar. Agar sizning tarixingizda Siz olmagan kreditlar borligini bilib qolsangiz, zudlik bilan kredit bergan tashkilotni bu to‘g‘risida xabardor qilishingiz va aybsiz ekanligingizni isbotlashga tayyor bo‘lib turishingiz kerak.

Bank kredit tarixidagi xatolarni tuzatishdan bosh tortsa qanday yo‘l tutishi kerak ?

Bunday holatda Siz bankni javobgarlikka tortish uchun sudga murojaat etishingizga to‘g‘ri keladi. Ko‘pincha sud uzoq davom etadi.

Biroq, bu muammodan xalos bo‘lishning boshqa yo‘li yo‘q. Agar sud sizni haq deb topsa, bankning zimmasiga kredit tarixidagi xatolarni to‘g‘irlash majburiyati yuklatilgan qaror qabul qilinadi.

Bankka murojaat qilishdan avval, o‘z tarixingizni batafsil o‘rganib chiqing va shaxsiy kredit reytingizni so‘rab oling. Bu nafaqat o‘z imkoniyatlariz bo‘yicha bilimlaringizni kengayishiga, balki  kredit berilishini rad etmaydigan bankni tanlab olishga yordam beradi.

Sizni qiziqtirishi mumkin

img

Mikroqarzni qaytarmaslik qanday oqibatlarga olib keladi?

Batafsil
img

Tillani lombardga qanday qo‘yish mumkin.

Batafsil
img

Kredit bor, pul esa yo‘q. Nima qilish kerak ?

Batafsil
img

Oʼzbekistonda qanday qilib davolanish uchun qarzga pul olish mumkin

Batafsil
img

Lombarddan kredit olishda Siz bilishingiz kerak boʼlgan shartlar

Batafsil
img

Kreditga mashina olamiz. Kreditning qaysi turi yaxshi ?

Batafsil
img

Avtokreditlash O‘zbekistonda kreditlash bozorining o‘sishining yetakchisi

Batafsil
img

Avtomobil bilan garovga olingan kredit. Afzalliklari va kamchiliklari.

Batafsil
img

Kredit tarixi nima? Bu nimaga ta’sir qiladi?

Batafsil
img

Onlayn kredit. Kredit berishning yangi shakllari.

Batafsil

Qo'ng'iroq buyurtma qilish

Ism
Telefon +998

Qo'ng'iroq buyurtma qilish

Qo'ng'iroq buyurtma qilish