Bank yoki MKT – naqd pulda kreditni qaysi biridan olgan ma'qul? - Zaimer.uz - финансовый супермаркет

Bank yoki MKT – naqd pulda kreditni qaysi biridan olgan ma’qul?

img

Iste’mol kreditlash bozorida uzoq vaqtlardan beri banklar hukmronlik qilib kelishgan. Raqobatchilari yo‘qligi sababli, ular yetakchi mavqelarga ega bo‘lishgan.  Hozir  ham, katta tajriba va yirik kapitalga ega bo‘lganliklari uchun banklar boshqa kredit tashkilotlaridan ajralib turibdi. Bugungi kunda jismoniy shaxslar bilan ishlaydigan va ularga qarz beradigan ko‘plab boshqa firmalar bor.

Hozirda mikrokredit tashkilotlar mijozlarga qarzlar bo‘yicha yaxshi shartlarni taklif qilib, banklar bilan faol raqobatga kirishishmoqda. Bank krediti bahosi MKTga mikroqarzidan biroz pastroq, ammo hamma ham bankdan kredit olishni uddalay olmaydi. Banklar qarz oluvchini to‘lov layoqatini baholash masalasiga juda qattiq yondoshadilar va ko‘pincha kredit berishni rad etadilar. Statistikaga ko‘ra, qarz berishni MKTlar 10 tadan 3-4 tasini, banklar 10tadan 1 tasini ma’qullashadi.

Bank uchun qarz oluvchini tekshirish – chuqur va uzoq ishdir. Banklar ko‘pincha ish joyidan va daromad to‘g‘risidagi ma’lumotnomalarni taqdim etishni so‘rashadi. Banklar ham yirik summalarni berishadi, biroq ko‘pincha garovga qo‘yilgan ko‘char, ko‘chmas mulk yoki kafillik ostida.

Bugungi kunda mikrokredit tashkilotlari – kredit bozorining to‘la huquqli ishtirokchilari bo‘lib, qonuniy faoliyat yuritadilar va qiyin moliyaviy vaziyatda tezkor yordam berishga tayyordirlar.

Bankdan kredit olishdan farqli o‘laroq mikroqarzni olish ancha oson. Lekin, agar muddati o‘tishiga yo‘l qo‘ysangiz, bunday qarzdorlikni so‘ndirish qiyinroq kechadi. Muddati o‘tganda qarz foizlar, jarimalar va penyalar hisobiga tez ortishni boshlaydi. Shuni unutmangki, agar mikroqarzni katta bo‘lmagan muddatga olsangiz va o‘z vaqtida so‘ndirib borsangiz, u sizning foydangizga ishlaydi.  Uni qanchalik tez so‘ndirsangiz, hamyoningizdan shunchalik kam pul ishlatishingizga to‘g‘ri keldi.

Sizni qiziqtirishi mumkin

img

O’zbekistonda iste’mol kreditlari. Ochiq maqola.

Batafsil
img

Oʼzbekistonda qanday qilib davolanish uchun qarzga pul olish mumkin

Batafsil
img

Tillani lombardga qanday qo‘yish mumkin.

Batafsil
img

Kredit tarixi nima? Bu nimaga ta’sir qiladi?

Batafsil
img

Mikroqarzlar bo‘yicha %larni eng yuqori chegarasi.

Batafsil
img

Onlayn kredit. Kredit berishning yangi shakllari.

Batafsil
img

Pensioner qarz olishi mumkinmi?

Batafsil
img

Mikrokredit tashkilotidan naqd pul kreditini qanday olish mumkin

Batafsil
img

Kredit bor, pul esa yo‘q. Nima qilish kerak ?

Batafsil
img

Kreditlar va qarzlar: ular qanaqa boʼladi?

Batafsil

Qo'ng'iroq buyurtma qilish

Ism
Telefon +998

Qo'ng'iroq buyurtma qilish

Qo'ng'iroq buyurtma qilish