Kredit bor, pul esa yo‘q. Nima qilish kerak ? - Zaimer.uz - финансовый супермаркет

Qarz tanlash

Garov
Qarz miqdori
Qarz muddati
Oy
Shahar
Qarz tanlash

Kredit bor, pul esa yo‘q. Nima qilish kerak ?

img

Ba’zan, odamlar kredit olgandan keyin, uni to‘lash imkoniyati yo‘q bo‘lganda, nima qilish to‘g‘risida o‘ylab ham o‘tirmaydilar. Eng boshida bunday holat yuzaga kelmaydigandek tuyuladi. Biroq, aslida, turli xil vaziyatlar ro‘y berishi mumkin,  shuning uchun biz sizga kredit borligi, pul yo‘qligida nimalar bo‘lishini hozirni o‘zida tushunib olishni maslahat beramiz.

Eng avvalo, bank bilan kreditni qanday to‘lash kerakligi to‘g‘risida kelishib oling. Asosiy qoida: yashirinmasdan, kreditni o‘zi yo‘qolishi yoki Siz haqingizd unutishlarini kutmasdan, bankni birinchi bo‘lib xabardor qiling.

Agar Sizga bankdan qo‘ng‘iroq qilishmayotgan bo‘lsa, bu sizning qarzingiz to‘g‘risida unutib yuborishdi degani emas. Aksincha, foizlar hisoblanmoqda, qarz summasi ortmoqda, sizning kredit tarixingiz yomonlashmoqda.

Bundan tashqari, ko‘plab banklar o‘z shartnomalarida qarz oluvchi, o‘zini moliyaviy holati yomonlashganda, darhol bu haqda xabar berishga majburligini ko‘rsatib o‘tadilar.  Bu esa, Siz to‘lamasangiz va bu haqda kreditorni xabardor qilmasangiz, Siz shartnomani buzayotganligingizni anglatadi.

Bank bilan nima to‘g‘risida kelishish mumkin:

  • to‘lov muddatini kechiktirish,
  • qarzni restrukturizasiya qilish to‘g‘risida.

Kreditni qaysi muddatlarda to‘la olishingiz haqida o‘ylab ko‘ring va bu haqda bankni xabardor qiling. Bank qaror qabul qilishi uchun siz majburiyatlaringiz bo‘yicha qachon to‘lov qila olishingizni bilishi kerak.

  1. Eskisini yopish uchun yana bir marta qarz olish kerakmi?

Deyarli har bir holatda bu qaror muvaffaqqiyatsizlikka uchraydi. Eng avvalo, endi Sizda bir bankda kredit bor, va boshqasi esa sizga kredit bermasligi mumkin. Yoki berganda ham, yangi kredit bo‘yicha yuqori foiz stavka belgilanadi. Agar siz vahima ostda eskilarini to‘lash uchun yangi kreditlarni olib tashlasangiz, qarz botqog‘iga botib qolasiz.

  1. Meni ishdan bo’shatishdi va men kasalman. Qonun meni himoya qiladimi?

Agar sizda ipoteka krediti bo’lsa, uning to’lovlari muntazam ravishda oilaviy byudjetning katta qismini egallaydi, qonun sizga kechiktirishni – ipoteka ta’tilini berish huquqini beradi. Ammo bunday ta’tillar kredit shartnomasining amal qilish muddati davomida faqat bir marta ruxsat etiladi va ularning eng uzoq muddati – olti oy.

Boshqa kreditlar, hatto eng og’ir omon qolish va nogironlik stsenariylarida ham hech qanday imtiyozlar bermaydi. Bunday holda, barcha xavflar sizga tushadi. Bunday holatda sizga faqat sug’urta yordam berishi mumkin. Shu sababli, kredit shartnomasini imzolashdan oldin, kreditning qaytarilmasligi xavfidan sug’urta shartnomasini tuzishingizni qat’iy tavsiya qilamiz.

  1. To’lamaganim uchun jarimaga tortiladimi?

Qarzni o’z vaqtida to’lamaganlik uchun bank penya yoki foizlar undirishi mumkin. Jinoiy jazo faqat firibgarlik holatlarida yuzaga kelishi mumkin.

  1. Agar men hali ham qarzni to’lay olmasam, nima kutishim kerak?

Bank sud tartibida pul talab qilish huquqiga ega. Shu bilan birga, sud sizning joriy moliyaviy ahvolingizni hisobga oladi va sizga kreditni to’lash uchun yumshoq shartlarni belgilashi mumkin, masalan, qarzni bo’lib-bo’lib to’lash.

Sizni qiziqtirishi mumkin

img 24.01.2024

Bank yoki MKT – naqd pulda kreditni qaysi biridan olgan ma’qul?

Iste’mol kreditlash bozorida uzoq vaqtlardan beri banklar hukmronlik qilib kelishgan. Raqobatchilari yo‘qligi sababli, ular yetakchi mavqelarga ega bo‘lishgan.  Hozir  ham, katta tajriba va yirik kapitalga ega bo‘lganliklari uchun banklar boshqa kredit tashkilotlaridan ajralib turibdi. Bugungi kunda jismoniy shaxslar bilan ishlaydigan va ularga qarz beradigan ko‘plab boshqa firmalar bor.

Hozirda mikrokredit tashkilotlar mijozlarga qarzlar bo‘yicha yaxshi shartlarni taklif qilib, banklar bilan faol raqobatga kirishishmoqda. Bank krediti bahosi MKTga mikroqarzidan biroz pastroq, ammo hamma ham bankdan kredit olishni uddalay olmaydi. Banklar qarz oluvchini to‘lov layoqatini baholash masalasiga juda qattiq yondoshadilar va ko‘pincha kredit berishni rad etadilar. Statistikaga ko‘ra, qarz berishni MKTlar 10 tadan 3-4 tasini, banklar 10tadan 1 tasini ma’qullashadi.

Bank uchun qarz oluvchini tekshirish – chuqur va uzoq ishdir. Banklar ko‘pincha ish joyidan va daromad to‘g‘risidagi ma’lumotnomalarni taqdim etishni so‘rashadi. Banklar ham yirik summalarni berishadi, biroq ko‘pincha garovga qo‘yilgan ko‘char, ko‘chmas mulk yoki kafillik ostida.

Bugungi kunda mikrokredit tashkilotlari – kredit bozorining to‘la huquqli ishtirokchilari bo‘lib, qonuniy faoliyat yuritadilar va qiyin moliyaviy vaziyatda tezkor yordam berishga tayyordirlar.

Bankdan kredit olishdan farqli o‘laroq mikroqarzni olish ancha oson. Lekin, agar muddati o‘tishiga yo‘l qo‘ysangiz, bunday qarzdorlikni so‘ndirish qiyinroq kechadi. Muddati o‘tganda qarz foizlar, jarimalar va penyalar hisobiga tez ortishni boshlaydi. Shuni unutmangki, agar mikroqarzni katta bo‘lmagan muddatga olsangiz va o‘z vaqtida so‘ndirib borsangiz, u sizning foydangizga ishlaydi.  Uni qanchalik tez so‘ndirsangiz, hamyoningizdan shunchalik kam pul ishlatishingizga to‘g‘ri keldi.

Batafsil
img 29.01.2024

Oʼzbekistonda taʼlim kreditlarini shartlari, muddatlari va stavkalari

Mazkur postda biz taʼlim krediti haqida, uni qanday qilib olish usullari va bunga qanday hujjatlar kerak boʼlishi toʼgʼrisida soʼz yuritamiz.

Taʼlim kreditini kim olishi mumkin?

Taʼlim kreditlari tijorat banklari tomonidan quyidagilarga beriladi:

  • talabalarni oʼziga;
  • ularning ota-onalariga;
  • ularning vasiylariga.

Taʼlim kreditining eng koʼp miqdori

Toʼlov-kontrakt asosida oʼqish toʼgʼrisidagi shartnoma (kontrakt) summasi toʼlovi miqdorida.

Taʼlim krediti muddati

  • bakalavriatga oʼqishga qabul qilingan talabalarga 10 yilgacha;
  • magistraturaga oʼqishga qabul qilingan talabalarga 5 yilgacha.

Taʼlim kreditlarini foi stavkalari

  • nol foiz stavkasida (foizsiz kredit) – chin yetimlarga, «Mehribonlik uylari»da tarbiyalanganlarga hamda bolalikdan I va II guruh nogironlariga;
  • Markaziy bankni qayta moliyalash stavkasidan (yillik 140) oshmagan holdagi oʼzgaruvchan foiz stavkasida– talabalarning qolgan toifalariga.

Taʼlim kreditini olish uchun zarur boʼlgan hujjatlar roʼyxati

  • taʼlim kreditini berish toʼgʼrisidagi ariza;
  • toʼlov-kontrakt asosida oʼqish haqida shartnoma (kontrakt);
  • kreditni qaytarishning taʼminlanishi toʼgʼrisida hujjat (uchinchi shaxsning kafilligi; sugʼurta kompaniyasining qarz oluvchining kreditni qaytara olmasligi xavfi sugʼurta qilinganligi toʼgʼrisidagi sugʼurta polisi).

Taʼlim kreditini berish tartibi

Taʼlim krediti qarz oluvchining ssuda hisob raqamidan uning shaxsiy yozma topshirigʼi asosida oliy taʼlim muassasasining talab qilib olinadigan depozit hisob raqamiga mablagʼ oʼtkazish yoʼli bilan beriladi.

Taʼlim kreditlari boʼyicha mablagʼlar kredit shartnomasida qayd etilgan shartlarda har yarim yilda oʼqish uchun yillik toʼlovning toʼliq miqdorini ikki teng qismga boʼlish yoʼli bilan oʼtkaziladi.

Batafsil
img 24.01.2024

Kreditga mashina olamiz. Kreditning qaysi turi yaxshi ?

Yangigina mashinani har kim ham bir yo‘la to‘lov bilan sotib ololmaydi. Ko‘p hollarda bunday xaridni qilish maqsadida avtomobil’ sotib olish bank yoki mikrokredit tashkilotidan qarz olishga to‘g‘ri keladi. Lekin bunday holda maqsadli kredit yoki naqd puldagi kreditning qaysi biri foydaliroqligini o‘ylab ko‘rishga arziydi. Keling,mazkur masalani tushunib olamiz va ushbu variantlarning ijobiy va manfiy tomonlarini ko‘rib chiqamiz.

Avtokredit va iste’mol krediti o‘rtasidagi farq nimadan iborat ? Bunday turdagi qarzlarni tasniflashdan boshlaymiz. Ulardan birinichisini (avtokreditni) maqsadli kreditlar sirasiga kiritish kerak. Bu shuni anglatadiki, qarz oluvchi bankdan faqat transport vositasini xarid qilishdan  uchun ssudani olish huquqiga egaligi bildiradi. Bu yangi yoki ishlatilgan mashina bo‘lishi mumkin, lekin uni avtokreditlash dasturi bo‘yicha bank-kreditor bilan hamkorlik munosabatlarida bo‘lgan dilerlarning salonlaridan xarid qilish mumkin.

Maqsadli avtokreditni naqd puldagi kreditga nisbatan asosiy afzalliklarini belgilab olamiz:

         kichik foiz stavkalar;

         qarz rasmiylashtirishni qulayligi;

         chegirmalarni mavjudligi;

         hamkor-banklardan qiziqarli takliflar.

Avtomobil’ olish uchun kredit, Siz xarid qilayotgan transport vositasini garovga qo‘yishni nazarda tutadi. Binobarin, banklar qarzni o‘z vaqtida so‘ndirishilishini garov bilan ta’minlab olishadi, shuning uchun ham ular odatdagi foiz stavkalardan pastrog‘ini taklif etishadi (avtokreditga nisbatan naqd puldagi kreditlarga ular o‘rtacha 5-7%ga yuqori).

Avtokreditning iste’mol kreditidan farqlari.

Asosan, kreditlarning bunday turlaridagi farq bank tomonidan taqdim etilgan qarzning maqsadliligidan iborat. Avtokreditlash dasturi bo‘yicha faqat transport vositasini va faqat rasmiy dilerdan xarid qilish qilish mumkin. Avtokreditdan farqli o‘laroq iste’mol krediti har qanday narsani, shu jumladan avtomobil’ni sotib olish imkonini beradi. Buning ustiga iste’mol kreditida sotuvchi kim bo‘lishi to‘g‘risida talablar yo‘q: avtoni qo‘ldan yoki salondan sotib olishingiz mumkin. Iste’mol kreditining foiz stavkasi bo‘yicha to‘xtalsak, u avtokreditlash dasturiga nisbatan unchalik foydali emas.

Iste’mol qarzlarini qulayligi qator sabablardan iborat. Ular sirasiga quyidagilar kiradi:

  • mablag‘lardan o‘z hohishiga ko‘ra foydalanish mumkin;
  • dastlabki badal va garov sharti yo‘q;
  • sug‘urta majburiy hisoblanmaydi;
  • hohlagan joyga sarflaysiz.

Iste’mol kreditini olayotganda qarz oluvchibankka mablag‘larni u qayoqqa sarflashi to‘g‘risida hisobot bermasligi kerak. Agar kredit summasi yo‘l qo‘ysa, nafaqat avtomobilni xarid qilish mumkin.

Avtomobilni xarid qilish bo‘yicha kreditlashni turini yakuniy tanlash avtomobil’ xaridini maqsadlariga bog‘liq. Agar Siz rasmiy diler orqali yangi mashinani KASKO bilan sotib olishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, naqd puldagi kreditdan ko‘ra avtokreditni rasmiylashtirganingiz ma’qul. Agar siz yaroqda bo‘lgan avtomobilni hohlagan joydan sotib olishni mo‘ljallayotgan bo‘lsangiz, unda iste’mol kreditini ko‘rib chiqing.

Batafsil