Tillani lombardga qanday qo‘yish mumkin. - Zaimer.uz - финансовый супермаркет

Tillani lombardga qanday qo‘yish mumkin.

img

Lombarddan qarz olishni ishonch bilan naq pul olishni qulay va tez yo‘llaridan biri deb aytish mumkin. Sizga kafillar, ko‘plab ma’lumotnomalar va boshqa hujjatlar kerak bo‘lmaydi. Naqd pul olish uchun sizga faqat pasport va garov evaziga berishni istayotgan narsa kerak bo‘ladi.

Va shu yerda savol tug‘iladi: kerakli summani olish uchun lombardga nimani aniq olib kelish kerak ? Eng yutuqli yo‘llardan biri bo‘lib, qimmatbaho metall va toshlardan yasalgan buyumlar hisoblanadi. Barcha zamonlarda tilla qadrlangan va uni odamlar juda yuqori baholaganlar.

Yaxshi lombardda Sizdan shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarni talab qilishligi mumkin. Chunki bunday hujjatlar lombardga bila turib o‘g‘irlangan yoki soxta buyumlarni topshirishga uringan firibgarlarni qidirib topishga va buyumlarni o‘z hujjatlariga ko‘ra shaxsan qaytarib olishga yordam beradi. Firibgarga yo‘liqmaslik uchun Sizning ma’lumotlaringiz IIV ma’lumotlari bilan taqqoslanadi. Agar siz 18 yoshga to‘lmagan bo‘lsangiz, biror bir narsani hech qaysi lombardga topshirishni uddala olmaysiz.  Shuningdek qarz shartnomasi muddati yakunlanganligi to‘g‘risida xabardor qilish uchun sizdan aloqa telefon raqamingizni ko‘rsatish so‘raladi.

Lombard bilan shartnoma ikki nusxada ro‘yxatga olinadi. Birinchisi sizga, ikkinchisi lombardga beriladi. Shartnomani ikki tomon imzolaydi, shartnomada ular to‘g‘risida axborot ko‘rsatib o‘tiladi. Lombardlar tillani ixtisoslashgan do‘konlarga nisbatan past baholarda olishi ehtimol ko‘pchilikka ma’lumdir. Bunda sizni hech kim aldamaydi – chunki do‘konlar va zargarxonalar buyum narxiga nafaqat ishlatilgan materiallarni, balki do‘konning buyurtmasiga ko‘ra buyum ustida ishlagan zargarning ish haqqisini ham qo‘shishadi.  Lombardga esa zargarni ish haqqisini hisobga olish hech qanday ahamiyatga ega emas.

Lombard garovga qo‘yilgan mulkning butligiga javobgardir. Unda mijozlarning barcha buyumlarini shikastlanishi va yo‘qotilishidan himoya qiluvchi sug‘urta bo‘lishi shart. Agar sizning qimmatligingiz bilan biror narsa sodir bo‘lsa, siz tovon pulini olasiz.

Aytaylik, siz tasodifan uzoq vaqtdan beri ishlamayotgan va ta’mirga yaroqsiz bo‘lgan qarindoshingizni antikvar soatini topdingiz. Bunday buyumni o‘zingiz sotishingizni deyarli imkoni yo‘q. Ammo agar siz tillani lombardga qaytarmaslik sharti bilan topshirsangiz, yaxshigina summani olishingiz mumkin.

Lombardga taqinchoqlarni olib borishdan avval, siz uni aniq qaytarib olishingizga ishonch hosil qiling. Biroq ogoh bo‘ling – ko‘pincha lombardlar ushbu vaqtga kredit bo‘yicha katta bo‘lmagan foizlarni belgilashadi. Agar muddat oxiriga siz o‘z taqinchog‘ingizga olishga kelmasangiz, lombard qarz summasini qoplash uchun uni sotish huquqiga ega bo‘ladi.

Lombarda biror-bir narsani topshirishdan avval, birinchi navbatda durust va  batartib kompaniyanini tanlash kerak bo‘ladi. Sizga uch yildan ortiq faoliyat yuritayotgan va yirik lombardlar tarmog‘iga tegishli bo‘lgan lombardni tanlashni maslahat beramiz.

Sizni qiziqtirishi mumkin

img

Аvtokreditni qanday olish mumkin: qadam-baqadam yoʼriqnoma

Batafsil
img

Kredit tarixida xato ? Kredit tarixini qanday to‘g‘irlash mumkin.

Batafsil
img

Avtomobil bilan garovga olingan kredit. Afzalliklari va kamchiliklari.

Batafsil
img

O’zbekistonda iste’mol kreditlari. Ochiq maqola.

Batafsil
img

Oʼzbekistonda qanday qilib davolanish uchun qarzga pul olish mumkin

Batafsil
img

Oʼzbekistonda taʼlim kreditlarini shartlari, muddatlari va stavkalari

Batafsil
img

Mikrokredit tashkilotidan naqd pul kreditini qanday olish mumkin

Batafsil
img

Kredit tarixi nima? Bu nimaga ta’sir qiladi?

Batafsil
img

Bank yoki MKT – naqd pulda kreditni qaysi biridan olgan ma’qul?

Batafsil
img

Avtokreditlash O‘zbekistonda kreditlash bozorining o‘sishining yetakchisi

Batafsil

Qo'ng'iroq buyurtma qilish

Ism
Telefon +998

Qo'ng'iroq buyurtma qilish

Qo'ng'iroq buyurtma qilish