Mikroqarzni qaytarmaslik qanday oqibatlarga olib keladi? - Zaimer.uz - финансовый супермаркет

Mikroqarzni qaytarmaslik qanday oqibatlarga olib keladi?

img

Bank va mikrokredit tashkilotlarining ko‘pgina mijozlari qarz qaytarib berilmasa qanday oqibatlarga olib kelishini bilishmaydi. Agar qarz qaytarilmasa nima bo‘ladi ?

Dastlab mikroqarzlarni to‘lanmasligining oqibatlari to‘g‘risida to‘xtab o‘tamiz.

Mikroqarzlarni to‘lanmasligining oqibatlariga quyidagilar kiradi:

  • Qo‘ng‘iroqlar.
  • Shaxsiy uchrashuvlar.
  • Sud qarori — odamdan qarzni undirishni eng tezkor usuli. Sudning MKT foydasiga qaroridan keyin, sud ijrochilari bank kartalaringizni va mol-mulkingizni xatlashlari mumkin.

Qarz oluvchini qarzni vaqtida qaytara olmasligini 3 ta varianti bor:

  • Shartnomadagi qo‘pol xatolar.
  • Qarz restrukturizasiya qilinishi.
  • Qarz qayta moliyalashtirilishi.

Biroq, odatda yuqorida keltirilgan vaziyatlarning biriga tushib qolish biroz qiyinroq. Siz restrukturizasiya va qayta moliyalashtirish taomillarini qo‘llashga erishishingiz mumkin, ammo ular sizni javobgarlikdan ozod etmaydi, balki shunchaki shartnoma shartlari o‘zgartiriladi va qarzni to‘lash muddatlari uzaytiriladi.

MKT nomidan xodimlar qarzni undirishadi.

Biroq, MKTning undirish xizmati xodimlari mijoz bilan noma’qul muomala qilish, ovoz ko‘tarish, qo‘rqitish va uy egasining ruxsatisiz ichkariga kirish huquqlariga ega emasdirlar. Agar bunday holat ro‘y bergan bo‘lsa, har qanday fuqaro huquqni muhofaza qilish organlariga ariza berishi mumkin.

Qarz yukini qanday kamaytirish mumkin?

Buning uchun MKT murojaat qilishingiz va vaziyatingiz qiyinligini tushuntirishingiz kerak. Ba’zi MKTlar va banklar sizni vaziyatingizni to‘g‘ri tushungan holda, muayyan muddatga foizlar hisoblanishini to‘xtatishlari mumkin.  Biroq buning uchun Siz zarur dalillarni, masalan, ish beruvchi bilan bekor qilingan mehnat shartnomasini nusxasi yoki siz jiddiy kasal bo‘lganligingiz to‘g‘risidagi kasalxonadan ma’lumotnomani taqdim etishingiz zarur bo‘ladi.

Qarz qanchalik ortishi mumkin?

Asosiy qarz bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorlikka shartnomangizda belgilangan foizlar summasi qo‘shiladi. Ba’zan MKTlar ma’lumotlarni buzib ko‘rsatishadi va qonun yoki shartnomaga ko‘ra belgilangandan ancha ko‘proq summalarni so‘rashadi. Qarzdorlikni to‘lashdan avval, uni albatta qayta tekshiring. Shuningdek Siz MKTdan qarz to‘lashni kechiktirganingiz uchun jarimalarni bekor qilishni talab qilish huquqiga egasiz.

Muhim

Qonunga ko‘ra, MKTlar qarz summasidan 2 baravar ortiq bo‘lmagan summani undirishlari mumkin.

Qanday qilib MKTlarni qonunbuzarligi uchun javobgarlikka tortish mumkin ?

Agar MKT xodimlari hayotingiz va sog‘lig‘ingizga tahdid qilsa – ichki ishlar organlariga ariza yozamiz va dalillarni ilova qilamiz: telefon suhbatlari yozuvlari, xabarlarni skrinshotlari yoki guvohlarni jalb qilamiz. Agar ichki ishlar organlari arizani qabul qilishdan bosh tortsa, ulardan yozma javobni taqdim etishni talab qiling.

MKT tomonidan har qanday qonunbuzarlikka yo‘l qo‘yilganda, Markaziy bankka shikoyat qilamiz, chunki u MKTlar faoliyatini nazorat qiladi, buni pochta, Markaziy bankning ishonch telefoni yoki sayti orqali qilish mumkin.

Sizni qiziqtirishi mumkin

img

Oʼzbekistonda taʼlim kreditlarini shartlari, muddatlari va stavkalari

Batafsil
img

Avtomobil bilan garovga olingan kredit. Afzalliklari va kamchiliklari.

Batafsil
img

Kreditlar va qarzlar: ular qanaqa boʼladi?

Batafsil
img

Onlayn kredit. Kredit berishning yangi shakllari.

Batafsil
img

Аvtokreditni qanday olish mumkin: qadam-baqadam yoʼriqnoma

Batafsil
img

Pensioner qarz olishi mumkinmi?

Batafsil
img

O’zbekistonda qayerdan onlayn mikrokredit olish mumkin.

Batafsil
img

Bank yoki MKT – naqd pulda kreditni qaysi biridan olgan ma’qul?

Batafsil
img

Kreditga mashina olamiz. Kreditning qaysi turi yaxshi ?

Batafsil
img

Lombarddan kredit olishda Siz bilishingiz kerak boʼlgan shartlar

Batafsil

Qo'ng'iroq buyurtma qilish

Ism
Telefon +998

Qo'ng'iroq buyurtma qilish

Qo'ng'iroq buyurtma qilish