Doim qarz oluvchi bo‘lib qolmaslik uchun mikroqarzni qanday olish bo‘yicha beshta maslahat. - Zaimer.uz - финансовый супермаркет

Doim qarz oluvchi bo‘lib qolmaslik uchun mikroqarzni qanday olish bo‘yicha beshta maslahat.

img

Qarz oluvchilarning soni ortib borayotganligi, mikroqarzlar aholi o‘rtasida ommalashganligidan dalolat bermoqda. Mikroqarz masalasiga qanday qilib to‘g‘ri yondoshishni ushbu maqolada tushuntirib beramiz.

1. Sizning istagingiz bilan imkoniyatlaringiz bir-biriga mos keladimi?

Bu nafaqat mikroqarzlarga, balki umuman olganda har-qanday kreditga ham tegishlidir.  Jo‘ngina formulani inobatga olish kerak, sizning hamma kredit va qarzlaringiz bo‘yicha barcha muntazam ravishdagi to‘lovlaringiz muntazam ravishdagi daromadlaringizdan yuqori bo‘lmasligi kerak.

2.Qarzni maqsadini to‘g‘ri tushunish.

Mikroqarzning xususiyati uni bank kreditidan farqlanishi hisoblanadi. Shartnomaga ko‘ra mikroqarzdni muddati va miqdori kichikroq, garov talab qilinmaydi, uni rasmiylashtirish oson, kredit tarixi talab qilinmaydi yoki u unchalik muhim emas. Va eng asosiysi, mikroqarz “tezkor yordam” vositasi hisoblanadi. Ya’ni bu qarz oluvchining shoshilinch masalalarini hal qilish uchun “tezkor” pullardir.

3.MKT tanloviga sinchkovlik bilan yondoshish.

Tashkilot Markaziy bankning MKTlar reestrida borligini ko‘rib chiqish kerak. Bu uni noqonuniy kreditor emasligiga ishonch hosil qilish uchun zarur hisoblanadi.

MKTlar reestrini Markaziy bank saytiga havolada ko‘rish mumkin _____.

4.Mikroqarz shartnomasini diqqat bilan o‘qib chiqish.

Mikroqarz olishdan avval yaxshilab hujjat bilan tanishish va mablag‘larni olish va qarzni so‘ndirish muddatlari bo‘yicha shartlarni o‘rganib chiqish kerak. Shartnoma MKT to‘g‘risida barcha zarur bo‘lgan ma’lumotlarni va to‘lovlarni to‘liq summasi to‘g‘risidagi axborotni o‘z ichiga olishi shart. Shartnomada ortiqcha to‘lovning eng ko‘p miqdori ko‘rsatilishi shart.

Mikroqarzlar bo‘yicha sug‘urta – qo‘shimcha modda.    Agar, u shartnomaga kiritilgan bo‘lsa, qarz oluvchi qo‘shimcha tarzda qarz summasidan kichik miqdordagi foizni to‘lashi kerak. Agar qarz oluvchi qiyin vaziyatga tushib qolsa va qarzni sog‘lig‘iga ko‘ra to‘la olmasa, sug‘urta unga qiyin vaziyatlarda yordam beradi.

MKT mikroqarzlarni chet el valyutasida berishga, bir tomonlama tartibda qarz bo‘yicha muddat va stavkalarni o‘zgartirishga, agar qarzni muddatidan oldin so‘ndirishni istayotgan mijozga jarima qo‘llash bo‘yicha huquqlarga ega emasligini bilishga Qarz oluvchi majbur.

5.Qarzni to‘la olmasangiz, MKTGa qo‘ng‘iroq qilishingiz shart. 

Agar qarz oluvchi qarz bo‘yicha qarzdorlikni muddatida so‘ndirish layoqatiga (qiyin hayotiy vaziyat, oylik maosh kechiktirilishi) ega bo‘lmasa, unda unga kechiktirilgan kunlarga qo‘shimcha % hisoblash boshlashini kutib o‘tirish joiz emas. Kreditorni muammolar to‘g‘risida darxol xabardor qilish va bo‘lib-bo‘lib to‘lash yoki restrukturizasiya qilish bo‘yicha kelishuvga erishish ma’qulroqdir.

Sizni qiziqtirishi mumkin

img

Mikroqarzni qaytarmaslik qanday oqibatlarga olib keladi?

Batafsil
img

Avtokreditlash O‘zbekistonda kreditlash bozorining o‘sishining yetakchisi

Batafsil
img

Oʼzbekistonda taʼlim kreditlarini shartlari, muddatlari va stavkalari

Batafsil
img

Kreditlar va qarzlar: ular qanaqa boʼladi?

Batafsil
img

Kredit bor, pul esa yo‘q. Nima qilish kerak ?

Batafsil
img

Kredit tarixida xato ? Kredit tarixini qanday to‘g‘irlash mumkin.

Batafsil
img

Onlayn kredit. Kredit berishning yangi shakllari.

Batafsil
img

Bank yoki MKT – naqd pulda kreditni qaysi biridan olgan ma’qul?

Batafsil
img

Kreditga mashina olamiz. Kreditning qaysi turi yaxshi ?

Batafsil
img

Oʼzbekistonda qanday qilib davolanish uchun qarzga pul olish mumkin

Batafsil

Qo'ng'iroq buyurtma qilish

Ism
Telefon +998

Qo'ng'iroq buyurtma qilish

Qo'ng'iroq buyurtma qilish