Foydali

Kreditga mashina olamiz. Kreditning qaysi turi yaxshi ?
Yangigina mashinani har kim ham bir yo‘la to‘lov bilan sotib ololmaydi. Ko‘p hollarda bunday xaridni qilish maqsadida avtomobil’ sotib olish bank yoki mikrokredit tashkilotidan qarz olishga to‘g‘ri keladi. Lekin bunday holda maqsadli kredit yoki naqd puldagi kreditning qaysi biri foydaliroqligini o‘ylab ko‘rishga arziydi. Keling,mazkur masalani tushunib olamiz va ushbu variantlarning ijobiy va manfiy tomonlarini ko‘rib chiqamiz.
Avtokredit va iste’mol krediti o‘rtasidagi farq nimadan iborat ? Bunday turdagi qarzlarni tasniflashdan boshlaymiz. Ulardan birinichisini (avtokreditni) maqsadli kreditlar sirasiga kiritish kerak. Bu shuni anglatadiki, qarz oluvchi bankdan faqat transport vositasini xarid qilishdan uchun ssudani olish huquqiga egaligi bildiradi. Bu yangi yoki ishlatilgan mashina bo‘lishi mumkin, lekin uni avtokreditlash dasturi bo‘yicha bank-kreditor bilan hamkorlik munosabatlarida bo‘lgan dilerlarning salonlaridan xarid qilish mumkin.
Maqsadli avtokreditni naqd puldagi kreditga nisbatan asosiy afzalliklarini belgilab olamiz:
kichik foiz stavkalar;
qarz rasmiylashtirishni qulayligi;
chegirmalarni mavjudligi;
hamkor-banklardan qiziqarli takliflar.
Avtomobil’ olish uchun kredit, Siz xarid qilayotgan transport vositasini garovga qo‘yishni nazarda tutadi. Binobarin, banklar qarzni o‘z vaqtida so‘ndirishilishini garov bilan ta’minlab olishadi, shuning uchun ham ular odatdagi foiz stavkalardan pastrog‘ini taklif etishadi (avtokreditga nisbatan naqd puldagi kreditlarga ular o‘rtacha 5-7%ga yuqori).
Avtokreditning iste’mol kreditidan farqlari.
Asosan, kreditlarning bunday turlaridagi farq bank tomonidan taqdim etilgan qarzning maqsadliligidan iborat. Avtokreditlash dasturi bo‘yicha faqat transport vositasini va faqat rasmiy dilerdan xarid qilish qilish mumkin. Avtokreditdan farqli o‘laroq iste’mol krediti har qanday narsani, shu jumladan avtomobil’ni sotib olish imkonini beradi. Buning ustiga iste’mol kreditida sotuvchi kim bo‘lishi to‘g‘risida talablar yo‘q: avtoni qo‘ldan yoki salondan sotib olishingiz mumkin. Iste’mol kreditining foiz stavkasi bo‘yicha to‘xtalsak, u avtokreditlash dasturiga nisbatan unchalik foydali emas.
Iste’mol qarzlarini qulayligi qator sabablardan iborat. Ular sirasiga quyidagilar kiradi:
- mablag‘lardan o‘z hohishiga ko‘ra foydalanish mumkin;
- dastlabki badal va garov sharti yo‘q;
- sug‘urta majburiy hisoblanmaydi;
- hohlagan joyga sarflaysiz.
Iste’mol kreditini olayotganda qarz oluvchibankka mablag‘larni u qayoqqa sarflashi to‘g‘risida hisobot bermasligi kerak. Agar kredit summasi yo‘l qo‘ysa, nafaqat avtomobilni xarid qilish mumkin.
Avtomobilni xarid qilish bo‘yicha kreditlashni turini yakuniy tanlash avtomobil’ xaridini maqsadlariga bog‘liq. Agar Siz rasmiy diler orqali yangi mashinani KASKO bilan sotib olishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, naqd puldagi kreditdan ko‘ra avtokreditni rasmiylashtirganingiz ma’qul. Agar siz yaroqda bo‘lgan avtomobilni hohlagan joydan sotib olishni mo‘ljallayotgan bo‘lsangiz, unda iste’mol kreditini ko‘rib chiqing.

Tillani lombardga qanday qo‘yish mumkin.
Lombarddan qarz olishni ishonch bilan naq pul olishni qulay va tez yo‘llaridan biri deb aytish mumkin. Sizga kafillar, ko‘plab ma’lumotnomalar va boshqa hujjatlar kerak bo‘lmaydi. Naqd pul olish uchun sizga faqat pasport va garov evaziga berishni istayotgan narsa kerak bo‘ladi.
Va shu yerda savol tug‘iladi: kerakli summani olish uchun lombardga nimani aniq olib kelish kerak ? Eng yutuqli yo‘llardan biri bo‘lib, qimmatbaho metall va toshlardan yasalgan buyumlar hisoblanadi. Barcha zamonlarda tilla qadrlangan va uni odamlar juda yuqori baholaganlar.
Yaxshi lombardda Sizdan shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarni talab qilishligi mumkin. Chunki bunday hujjatlar lombardga bila turib o‘g‘irlangan yoki soxta buyumlarni topshirishga uringan firibgarlarni qidirib topishga va buyumlarni o‘z hujjatlariga ko‘ra shaxsan qaytarib olishga yordam beradi. Firibgarga yo‘liqmaslik uchun Sizning ma’lumotlaringiz IIV ma’lumotlari bilan taqqoslanadi. Agar siz 18 yoshga to‘lmagan bo‘lsangiz, biror bir narsani hech qaysi lombardga topshirishni uddala olmaysiz. Shuningdek qarz shartnomasi muddati yakunlanganligi to‘g‘risida xabardor qilish uchun sizdan aloqa telefon raqamingizni ko‘rsatish so‘raladi.
Lombard bilan shartnoma ikki nusxada ro‘yxatga olinadi. Birinchisi sizga, ikkinchisi lombardga beriladi. Shartnomani ikki tomon imzolaydi, shartnomada ular to‘g‘risida axborot ko‘rsatib o‘tiladi. Lombardlar tillani ixtisoslashgan do‘konlarga nisbatan past baholarda olishi ehtimol ko‘pchilikka ma’lumdir. Bunda sizni hech kim aldamaydi – chunki do‘konlar va zargarxonalar buyum narxiga nafaqat ishlatilgan materiallarni, balki do‘konning buyurtmasiga ko‘ra buyum ustida ishlagan zargarning ish haqqisini ham qo‘shishadi. Lombardga esa zargarni ish haqqisini hisobga olish hech qanday ahamiyatga ega emas.
Lombard garovga qo‘yilgan mulkning butligiga javobgardir. Unda mijozlarning barcha buyumlarini shikastlanishi va yo‘qotilishidan himoya qiluvchi sug‘urta bo‘lishi shart. Agar sizning qimmatligingiz bilan biror narsa sodir bo‘lsa, siz tovon pulini olasiz.
Aytaylik, siz tasodifan uzoq vaqtdan beri ishlamayotgan va ta’mirga yaroqsiz bo‘lgan qarindoshingizni antikvar soatini topdingiz. Bunday buyumni o‘zingiz sotishingizni deyarli imkoni yo‘q. Ammo agar siz tillani lombardga qaytarmaslik sharti bilan topshirsangiz, yaxshigina summani olishingiz mumkin.
Lombardga taqinchoqlarni olib borishdan avval, siz uni aniq qaytarib olishingizga ishonch hosil qiling. Biroq ogoh bo‘ling – ko‘pincha lombardlar ushbu vaqtga kredit bo‘yicha katta bo‘lmagan foizlarni belgilashadi. Agar muddat oxiriga siz o‘z taqinchog‘ingizga olishga kelmasangiz, lombard qarz summasini qoplash uchun uni sotish huquqiga ega bo‘ladi.
Lombarda biror-bir narsani topshirishdan avval, birinchi navbatda durust va batartib kompaniyanini tanlash kerak bo‘ladi. Sizga uch yildan ortiq faoliyat yuritayotgan va yirik lombardlar tarmog‘iga tegishli bo‘lgan lombardni tanlashni maslahat beramiz.

Kredit tarixida xato ? Kredit tarixini qanday to‘g‘irlash mumkin.
Ko‘p qarz oluvchilar o‘zlarining kredit tarixlari salbiyligidan aziyat chekishadi. Kredit tarixini qanday qilib to‘g‘irlash mumkinligini ozchilik biladi. Kredit tarixidagi xatolarga, kredit byurolarga ma’lumotlarni uzatishda xatoga yo‘l qo‘ygan banklarning o‘zlari ham sababchi bo‘lishlari mumkin. Ba’zan oilaviy va shaxsiy ishlar kreditni o‘z vaqtida to‘lashga yo‘l qo‘ymaydi, shuningdek begona pasportga kreditni rasmiylashtiradigan firibgarlarning hatti-harakatlari sababli ham kredit tarixi salbiy bo‘lishi mumkin.
Lombarda biror-bir narsani topshirishdan avval, birinchi navbatda durust va batartib kompaniyanini tanlash kerak bo‘ladi. Sizga uch yildan ortiq faoliyat yuritayotgan va yirik lombardlar tarmog‘iga tegishli bo‘lgan lombardni tanlashni maslahat beramiz.
Kredit tarixini buzishi mumkin bo‘lgan eng ko‘p uchraydigan 2 sababni batafsil ko‘rib chiqamiz:
- Bankdagi texnik nosozlik va xato tufayli kredit tarixini salbiylashishi. Bu holat sizning kredit tarixingizni to‘g‘irlashning eng oson yo‘lining biridir. Odatda, xatoni yuzaga kelishi aybdor bo‘lgan kreditorni o‘zi uni to‘g‘irlashdan manfaatdor bo‘ladi. Kredit tarixi u (qarz berayotgan bank) tomondan shakllanishidan kelib chiqib, muammo tavsifi bilan kredit tarixini tuzatish to‘g‘risida ariza berilishi kerak.Kredit tarixi kreditor tomonidan tiklanishi shart. Shuningdek, kredit tarixi byurosiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin. Noto‘g‘ri ma’lumot yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi sizning arizangiz berilgan keyin, byuro tekshiruv o‘tkazadi va kredit tarixini to‘g‘irlashi mumkin.
- Kredit tarixi firibgarlarning aralashuvi sababli salbiylashuvi. Bu holat firibgarlar o‘g‘irlangan hujjatlar yoki undagi ma’lumotlar bo‘yicha kreditni rasmiylashtirganda yuzaga keladi. Bugungi kunda bunday holatlar kam emas. Ko‘pincha, qarindoshlaringizni o‘zi sizning ma’lumotlaringizdan foydalangan holda, kreditni rasmiylashtirishi mumkin. Aslida, shuning uchun mutaxassislar maxinasiyalarni o‘z vaqtida ko‘rish va ma’lumotlarni to‘g‘irlash bo‘yicha choralarni amalga oshirish maqsadida o‘z kredit tarixini muntazam ravishda kuzatib borishni tavsiya etadilar. Agar sizning tarixingizda Siz olmagan kreditlar borligini bilib qolsangiz, zudlik bilan kredit bergan tashkilotni bu to‘g‘risida xabardor qilishingiz va aybsiz ekanligingizni isbotlashga tayyor bo‘lib turishingiz kerak.
Bank kredit tarixidagi xatolarni tuzatishdan bosh tortsa qanday yo‘l tutishi kerak ?
Bunday holatda Siz bankni javobgarlikka tortish uchun sudga murojaat etishingizga to‘g‘ri keladi. Ko‘pincha sud uzoq davom etadi.
Biroq, bu muammodan xalos bo‘lishning boshqa yo‘li yo‘q. Agar sud sizni haq deb topsa, bankning zimmasiga kredit tarixidagi xatolarni to‘g‘irlash majburiyati yuklatilgan qaror qabul qilinadi.
Bankka murojaat qilishdan avval, o‘z tarixingizni batafsil o‘rganib chiqing va shaxsiy kredit reytingizni so‘rab oling. Bu nafaqat o‘z imkoniyatlariz bo‘yicha bilimlaringizni kengayishiga, balki kredit berilishini rad etmaydigan bankni tanlab olishga yordam beradi.

Mikroqarzni qaytarmaslik qanday oqibatlarga olib keladi?
Bank va mikrokredit tashkilotlarining ko‘pgina mijozlari qarz qaytarib berilmasa qanday oqibatlarga olib kelishini bilishmaydi. Agar qarz qaytarilmasa nima bo‘ladi ?
Dastlab mikroqarzlarni to‘lanmasligining oqibatlari to‘g‘risida to‘xtab o‘tamiz.
Mikroqarzlarni to‘lanmasligining oqibatlariga quyidagilar kiradi:
- Qo‘ng‘iroqlar.
- Shaxsiy uchrashuvlar.
- Sud qarori — odamdan qarzni undirishni eng tezkor usuli. Sudning MKT foydasiga qaroridan keyin, sud ijrochilari bank kartalaringizni va mol-mulkingizni xatlashlari mumkin.
Qarz oluvchini qarzni vaqtida qaytara olmasligini 3 ta varianti bor:
- Shartnomadagi qo‘pol xatolar.
- Qarz restrukturizasiya qilinishi.
- Qarz qayta moliyalashtirilishi.
Biroq, odatda yuqorida keltirilgan vaziyatlarning biriga tushib qolish biroz qiyinroq. Siz restrukturizasiya va qayta moliyalashtirish taomillarini qo‘llashga erishishingiz mumkin, ammo ular sizni javobgarlikdan ozod etmaydi, balki shunchaki shartnoma shartlari o‘zgartiriladi va qarzni to‘lash muddatlari uzaytiriladi.
MKT nomidan xodimlar qarzni undirishadi.
Biroq, MKTning undirish xizmati xodimlari mijoz bilan noma’qul muomala qilish, ovoz ko‘tarish, qo‘rqitish va uy egasining ruxsatisiz ichkariga kirish huquqlariga ega emasdirlar. Agar bunday holat ro‘y bergan bo‘lsa, har qanday fuqaro huquqni muhofaza qilish organlariga ariza berishi mumkin.
Qarz yukini qanday kamaytirish mumkin?
Buning uchun MKT murojaat qilishingiz va vaziyatingiz qiyinligini tushuntirishingiz kerak. Ba’zi MKTlar va banklar sizni vaziyatingizni to‘g‘ri tushungan holda, muayyan muddatga foizlar hisoblanishini to‘xtatishlari mumkin. Biroq buning uchun Siz zarur dalillarni, masalan, ish beruvchi bilan bekor qilingan mehnat shartnomasini nusxasi yoki siz jiddiy kasal bo‘lganligingiz to‘g‘risidagi kasalxonadan ma’lumotnomani taqdim etishingiz zarur bo‘ladi.
Qarz qanchalik ortishi mumkin?
Asosiy qarz bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorlikka shartnomangizda belgilangan foizlar summasi qo‘shiladi. Ba’zan MKTlar ma’lumotlarni buzib ko‘rsatishadi va qonun yoki shartnomaga ko‘ra belgilangandan ancha ko‘proq summalarni so‘rashadi. Qarzdorlikni to‘lashdan avval, uni albatta qayta tekshiring. Shuningdek Siz MKTdan qarz to‘lashni kechiktirganingiz uchun jarimalarni bekor qilishni talab qilish huquqiga egasiz.
Muhim
Qonunga ko‘ra, MKTlar qarz summasidan 2 baravar ortiq bo‘lmagan summani undirishlari mumkin.
Qanday qilib MKTlarni qonunbuzarligi uchun javobgarlikka tortish mumkin ?
Agar MKT xodimlari hayotingiz va sog‘lig‘ingizga tahdid qilsa – ichki ishlar organlariga ariza yozamiz va dalillarni ilova qilamiz: telefon suhbatlari yozuvlari, xabarlarni skrinshotlari yoki guvohlarni jalb qilamiz. Agar ichki ishlar organlari arizani qabul qilishdan bosh tortsa, ulardan yozma javobni taqdim etishni talab qiling.
MKT tomonidan har qanday qonunbuzarlikka yo‘l qo‘yilganda, Markaziy bankka shikoyat qilamiz, chunki u MKTlar faoliyatini nazorat qiladi, buni pochta, Markaziy bankning ishonch telefoni yoki sayti orqali qilish mumkin.

Bank yoki MKT – naqd pulda kreditni qaysi biridan olgan ma’qul?
Iste’mol kreditlash bozorida uzoq vaqtlardan beri banklar hukmronlik qilib kelishgan. Raqobatchilari yo‘qligi sababli, ular yetakchi mavqelarga ega bo‘lishgan. Hozir ham, katta tajriba va yirik kapitalga ega bo‘lganliklari uchun banklar boshqa kredit tashkilotlaridan ajralib turibdi. Bugungi kunda jismoniy shaxslar bilan ishlaydigan va ularga qarz beradigan ko‘plab boshqa firmalar bor.
Hozirda mikrokredit tashkilotlar mijozlarga qarzlar bo‘yicha yaxshi shartlarni taklif qilib, banklar bilan faol raqobatga kirishishmoqda. Bank krediti bahosi MKTga mikroqarzidan biroz pastroq, ammo hamma ham bankdan kredit olishni uddalay olmaydi. Banklar qarz oluvchini to‘lov layoqatini baholash masalasiga juda qattiq yondoshadilar va ko‘pincha kredit berishni rad etadilar. Statistikaga ko‘ra, qarz berishni MKTlar 10 tadan 3-4 tasini, banklar 10tadan 1 tasini ma’qullashadi.
Bank uchun qarz oluvchini tekshirish – chuqur va uzoq ishdir. Banklar ko‘pincha ish joyidan va daromad to‘g‘risidagi ma’lumotnomalarni taqdim etishni so‘rashadi. Banklar ham yirik summalarni berishadi, biroq ko‘pincha garovga qo‘yilgan ko‘char, ko‘chmas mulk yoki kafillik ostida.
Bugungi kunda mikrokredit tashkilotlari – kredit bozorining to‘la huquqli ishtirokchilari bo‘lib, qonuniy faoliyat yuritadilar va qiyin moliyaviy vaziyatda tezkor yordam berishga tayyordirlar.
Bankdan kredit olishdan farqli o‘laroq mikroqarzni olish ancha oson. Lekin, agar muddati o‘tishiga yo‘l qo‘ysangiz, bunday qarzdorlikni so‘ndirish qiyinroq kechadi. Muddati o‘tganda qarz foizlar, jarimalar va penyalar hisobiga tez ortishni boshlaydi. Shuni unutmangki, agar mikroqarzni katta bo‘lmagan muddatga olsangiz va o‘z vaqtida so‘ndirib borsangiz, u sizning foydangizga ishlaydi. Uni qanchalik tez so‘ndirsangiz, hamyoningizdan shunchalik kam pul ishlatishingizga to‘g‘ri keldi.

Mikroqarzlar bo‘yicha %larni eng yuqori chegarasi.
2021 yilda mikroqarz olishni istagida bo‘lganlarning soni 70%ga ortdi. Mikrokreditlarning shartlari foydali bo‘lmaganligi uchun 20% atrofidagi mikroqarzlar muddatida so‘ndirilmayapti. Markaziy bank MKT faoliyatlariga faol aralashib, ularning ishini yanada shaffoflashtirmoqda. Xususan, mikrokreditlar bo‘yicha foizlar va penyalarni va yana boshqa qator cheklovlar joriy qilingan.
Qonunchilikka ko‘ra, kredit bo‘yicha ortiqcha to‘lov miqdori mikroqarzning 2 yuaravaridan ortiq bo‘lmasligi shart. Ushbuning qatoriga neustoyka (jarima va penyach) va ko‘rsatilgan maxsus xizmatlar uchun haq kiradi. Bunda Markaziy bank fozlarning miqdori bo‘yicha cheklovlar qo‘ymagan. Ammo ba’zi mikrokredit tashkilotlari ilk qarzni, to‘g‘ri, oz miqdorda bo‘lsa ham, mutlaqo bepul asosda olish imkoniyatini bermoqdalar. Quyidalarga e’tiboringizni qarating:
- Agar kompaniya nol’ % stavkasida kredit bergan bo‘lsa, haqiqatda ba’zi cheklovlar bo‘lishi mumkin. Tashkilot bunday foizda ideal kredit tarixiga ega bo‘lgan yoki, masalan, ish joyidan ma’lumot taqdim etilganda beradi. Qolgan barcha uchun amaldagi stavkalar qo‘llaniladi.
- Kredit uzaytirilganda nol’ foizli stavka amal qilmay qoladi. Qarzni shartnomada ko‘rsatilgan kunda so‘ndirish kerak, undan oldinroq, lekin undan kechiktirmay, ham mumkin. Ushbu shart MKT kredit shartnomasida ko‘rsatib o‘tilishi shart. Bepul mikroqarz – bu yangi mijozlar uchun mukofotdir.
Hujjatlarni imzolashdan va mikroqarzni olishdan avval, foiz stavkasiga e’tibor qarating – u reklama materiallarida yoki mikrokredit tashkilot saytida ko‘rsatilgandan yuqori yoki, aksincha, past bo‘lishi mumkin. Agar keyinchalik MKT reklama bannerida ko‘rsatilganidan yuqori foiz stavkada sizga qarz beriganligini bilib qolsangiz, o‘zingizdan tashqari, allakimni ayblashdan ma’no qolmaydi.
Qarz shartnomada siz ko‘rgan summa, sizning hisobingizga to‘liq hajmda kelishi shart. Qarzni to‘liq so‘ndirish uchun qancha summa to‘lashingiz kerakligiga diqqatingizni albatta qarating. U ikki-uch omillardan iborat bo‘ladi.
- mikrokredit “tanasi” – sizning kartangizga kelgan summa;
- qarz mablag‘laridan haqiqatda foydalangan kunlar uchun foizlar summasi;
- kredit rasmiylashtirilishi uchun vositachilik haqqi. Bunday vositachilikni oluvchi kreditlarni soni juda kam. Lekin ular bor. Yig‘im to‘lanishi zarurligi to‘g‘risidagi shart shartnomada ko‘rsatilishi shart. Agar u yo‘q bo‘lsa – qarz oluvchi uni to‘lashi shart emas.
Qarz to‘liq yoki qisman muddatidan oldin to‘langanda, so‘ndirilishi lozim bo‘lgan summa kamaytirish tomonga hisob-kitob qilinishi shart. Jumladan, qarz shartnomasiga ko‘ra to‘lanadigan foizlarning miqdori o‘zgarishi shart.

Doim qarz oluvchi bo‘lib qolmaslik uchun mikroqarzni qanday olish bo‘yicha beshta maslahat.
Qarz oluvchilarning soni ortib borayotganligi, mikroqarzlar aholi o‘rtasida ommalashganligidan dalolat bermoqda. Mikroqarz masalasiga qanday qilib to‘g‘ri yondoshishni ushbu maqolada tushuntirib beramiz.
1. Sizning istagingiz bilan imkoniyatlaringiz bir-biriga mos keladimi?
Bu nafaqat mikroqarzlarga, balki umuman olganda har-qanday kreditga ham tegishlidir. Jo‘ngina formulani inobatga olish kerak, sizning hamma kredit va qarzlaringiz bo‘yicha barcha muntazam ravishdagi to‘lovlaringiz muntazam ravishdagi daromadlaringizdan yuqori bo‘lmasligi kerak.
2.Qarzni maqsadini to‘g‘ri tushunish.
Mikroqarzning xususiyati uni bank kreditidan farqlanishi hisoblanadi. Shartnomaga ko‘ra mikroqarzdni muddati va miqdori kichikroq, garov talab qilinmaydi, uni rasmiylashtirish oson, kredit tarixi talab qilinmaydi yoki u unchalik muhim emas. Va eng asosiysi, mikroqarz “tezkor yordam” vositasi hisoblanadi. Ya’ni bu qarz oluvchining shoshilinch masalalarini hal qilish uchun “tezkor” pullardir.
3.MKT tanloviga sinchkovlik bilan yondoshish.
Tashkilot Markaziy bankning MKTlar reestrida borligini ko‘rib chiqish kerak. Bu uni noqonuniy kreditor emasligiga ishonch hosil qilish uchun zarur hisoblanadi.
MKTlar reestrini Markaziy bank saytiga havolada ko‘rish mumkin _____.
4.Mikroqarz shartnomasini diqqat bilan o‘qib chiqish.
Mikroqarz olishdan avval yaxshilab hujjat bilan tanishish va mablag‘larni olish va qarzni so‘ndirish muddatlari bo‘yicha shartlarni o‘rganib chiqish kerak. Shartnoma MKT to‘g‘risida barcha zarur bo‘lgan ma’lumotlarni va to‘lovlarni to‘liq summasi to‘g‘risidagi axborotni o‘z ichiga olishi shart. Shartnomada ortiqcha to‘lovning eng ko‘p miqdori ko‘rsatilishi shart.
Mikroqarzlar bo‘yicha sug‘urta – qo‘shimcha modda. Agar, u shartnomaga kiritilgan bo‘lsa, qarz oluvchi qo‘shimcha tarzda qarz summasidan kichik miqdordagi foizni to‘lashi kerak. Agar qarz oluvchi qiyin vaziyatga tushib qolsa va qarzni sog‘lig‘iga ko‘ra to‘la olmasa, sug‘urta unga qiyin vaziyatlarda yordam beradi.
MKT mikroqarzlarni chet el valyutasida berishga, bir tomonlama tartibda qarz bo‘yicha muddat va stavkalarni o‘zgartirishga, agar qarzni muddatidan oldin so‘ndirishni istayotgan mijozga jarima qo‘llash bo‘yicha huquqlarga ega emasligini bilishga Qarz oluvchi majbur.
5.Qarzni to‘la olmasangiz, MKTGa qo‘ng‘iroq qilishingiz shart.
Agar qarz oluvchi qarz bo‘yicha qarzdorlikni muddatida so‘ndirish layoqatiga (qiyin hayotiy vaziyat, oylik maosh kechiktirilishi) ega bo‘lmasa, unda unga kechiktirilgan kunlarga qo‘shimcha % hisoblash boshlashini kutib o‘tirish joiz emas. Kreditorni muammolar to‘g‘risida darxol xabardor qilish va bo‘lib-bo‘lib to‘lash yoki restrukturizasiya qilish bo‘yicha kelishuvga erishish ma’qulroqdir.

Kredit bor, pul esa yo‘q. Nima qilish kerak ?
Ba’zan, odamlar kredit olgandan keyin, uni to‘lash imkoniyati yo‘q bo‘lganda, nima qilish to‘g‘risida o‘ylab ham o‘tirmaydilar. Eng boshida bunday holat yuzaga kelmaydigandek tuyuladi. Biroq, aslida, turli xil vaziyatlar ro‘y berishi mumkin, shuning uchun biz sizga kredit borligi, pul yo‘qligida nimalar bo‘lishini hozirni o‘zida tushunib olishni maslahat beramiz.
Eng avvalo, bank bilan kreditni qanday to‘lash kerakligi to‘g‘risida kelishib oling. Asosiy qoida: yashirinmasdan, kreditni o‘zi yo‘qolishi yoki Siz haqingizd unutishlarini kutmasdan, bankni birinchi bo‘lib xabardor qiling.
Agar Sizga bankdan qo‘ng‘iroq qilishmayotgan bo‘lsa, bu sizning qarzingiz to‘g‘risida unutib yuborishdi degani emas. Aksincha, foizlar hisoblanmoqda, qarz summasi ortmoqda, sizning kredit tarixingiz yomonlashmoqda.
Bundan tashqari, ko‘plab banklar o‘z shartnomalarida qarz oluvchi, o‘zini moliyaviy holati yomonlashganda, darhol bu haqda xabar berishga majburligini ko‘rsatib o‘tadilar. Bu esa, Siz to‘lamasangiz va bu haqda kreditorni xabardor qilmasangiz, Siz shartnomani buzayotganligingizni anglatadi.
Bank bilan nima to‘g‘risida kelishish mumkin:
- to‘lov muddatini kechiktirish,
- qarzni restrukturizasiya qilish to‘g‘risida.
Kreditni qaysi muddatlarda to‘la olishingiz haqida o‘ylab ko‘ring va bu haqda bankni xabardor qiling. Bank qaror qabul qilishi uchun siz majburiyatlaringiz bo‘yicha qachon to‘lov qila olishingizni bilishi kerak.
- Eskisini yopish uchun yana bir marta qarz olish kerakmi?
Deyarli har bir holatda bu qaror muvaffaqqiyatsizlikka uchraydi. Eng avvalo, endi Sizda bir bankda kredit bor, va boshqasi esa sizga kredit bermasligi mumkin. Yoki berganda ham, yangi kredit bo‘yicha yuqori foiz stavka belgilanadi. Agar siz vahima ostda eskilarini to‘lash uchun yangi kreditlarni olib tashlasangiz, qarz botqog‘iga botib qolasiz.
- Meni ishdan bo’shatishdi va men kasalman. Qonun meni himoya qiladimi?
Agar sizda ipoteka krediti bo’lsa, uning to’lovlari muntazam ravishda oilaviy byudjetning katta qismini egallaydi, qonun sizga kechiktirishni – ipoteka ta’tilini berish huquqini beradi. Ammo bunday ta’tillar kredit shartnomasining amal qilish muddati davomida faqat bir marta ruxsat etiladi va ularning eng uzoq muddati – olti oy.
Boshqa kreditlar, hatto eng og’ir omon qolish va nogironlik stsenariylarida ham hech qanday imtiyozlar bermaydi. Bunday holda, barcha xavflar sizga tushadi. Bunday holatda sizga faqat sug’urta yordam berishi mumkin. Shu sababli, kredit shartnomasini imzolashdan oldin, kreditning qaytarilmasligi xavfidan sug’urta shartnomasini tuzishingizni qat’iy tavsiya qilamiz.
- To’lamaganim uchun jarimaga tortiladimi?
Qarzni o’z vaqtida to’lamaganlik uchun bank penya yoki foizlar undirishi mumkin. Jinoiy jazo faqat firibgarlik holatlarida yuzaga kelishi mumkin.
- Agar men hali ham qarzni to’lay olmasam, nima kutishim kerak?
Bank sud tartibida pul talab qilish huquqiga ega. Shu bilan birga, sud sizning joriy moliyaviy ahvolingizni hisobga oladi va sizga kreditni to’lash uchun yumshoq shartlarni belgilashi mumkin, masalan, qarzni bo’lib-bo’lib to’lash.