Avtomobilni to`lov rejasi asosida xarid qilish
img

Avtomobilni to`lov rejasi asosida xarid qilish- foydali va qulay!

Albatta, siz mashina, elektronika yoki maishiy texnika xarid qilish uchun zudlik bilan pul kerak bo'lgan vaziyatga bir necha bor duch kelgansiz. Va bu yerda mantiqiy savol tug'iladi: nimani tanlash kerak - kredit yoki muddatli to'lov rejasi? Bizning xizmatimiz O‘zbekiston aholisiga avtomobilni to`lov rejasi asosida xarid qilish noyob imkoniyatini taqdim etadi.

Muddatli to`lov rejasi kreditdan ko‘ra diniy tamoyillarga ancha yaqinroq vositadir. Islom dini taqiqlagan foiz va jarimalarni hisoblamaydi. Bundan tashqari, muddatli to`lov rejasi mahsulotni xarid qilishda yanada shaffof va qulay usuli hisoblanadi. Samarqanddagi muddatli to`lov rejasi bo‘yicha hamkorlarimiz islom dini qonunlari “Qarzdan pul ishlay olmaysiz” tamoyiliga amal qiladilar.

Bu qanday ishlaydi? Hammasi oddiy!

Biz siz bilan avtomobilni muddatli to`lov rejasi asosida xarid qilib yoki keyinchalik avtomobilni xarid qilish sharti bilan ijaraga berish shartnomasi tuzamiz. Chet eldan avtomobil yetkazib berish, bojxona rasmiylashtiruvi, logistika va boshqa jihatlar bilan bog‘liq barcha xavflarni o‘z zimmamizga olamiz. Bular sotuvchi odatda mahsulotni yetkazib berishda o'z zimmasiga oladigan xavflardir. Shuning uchun shartnomalarda mijoz tanlagan muddatli to'lov reajasi uchun ustama ko'rsatilgan. Avtomobilni muddatli to`lov rejasi asosida yoki keyinchalik sotib olish bilan ijaraga olish to'g'risida shartnoma tuzayotganda, siz aniq miqdorni, to'lov shartlarini va yakuniy narxni bilib olasiz, bu hech qanday sharoitda oshmaydi.

Siz shartnoma bo'yicha to'lovlarni faqat avtomobilni olganingizdan keyin va uni oldindan kelishilgan muddatli to`lov rejasi shartlariga muvofiq sotib olishga rozilik bildirganingizdan so'ng boshlaysiz. Hech qanday kutilmagan hodisalar yoki yashirin to'lovlar yo'q!

Avtomobilni muddatli to`lov yoki ijaraga xarid qilib, avtomobil narxining 10 dan 70 % bo‘lgan dastlabki to‘lovni amalga oshirishingiz kerak. Pul miqdori sizning imkoniyatlaringiz va xohishingizga bog'liq. Dastlabki to'lov qanchalik katta bo'lsa, oylik to'lovlar miqdori va yakuniy ortiqcha to'lov shunchalik kam bo'ladi. Siz o`zingiz uchun eng qulay shartlarni tanlaysiz!

img

Bizning xizmatimiz orqali avtomobilni muddatli to`lov rejasi asosida xarid qilishning afzalliklari:

icon

Islom dinining tamoyillariga rioya qilish - foiz va jarimasiz.

icon

Shaffof shartlar - to'lovlarning yakuniy qiymati va miqdorini aniq bilasiz.

icon

Moslashuvchan dastlabki to'lov - siz tanlagan 10 dan 70% gacha.

icon

Qulaylik va vaqtni tejash - bank bilan bog'lanish va ko'plab hujjatlarni yig'ish kerak emas.

Orzularingizdagi mashinani xarid qilishni kechiktirmang! Muddatli to`lov xizmatimizdan foydalaning va bugun qulaylikdan bahramand bo‘ling. Biz qulay shart-sharoitlarni, bitim shaffofligini va Islom dinining qonunlariga to'liq rioya qilishni kafolatlaymiz. Hoziroq bizning saytimizga so'rov xati qoldiring va bizning mutaxassislarimiz barcha istaklaringizni inobatga olgan holda siz uchun eng yaxshi muddatli to'lov rejasini tanlaydilar. Avtomobilni muddatli to`lov orqali xarid qilish hech qachon bunchalik oson va foydali bo'lmagan!

Qo'ng'iroq buyurtma qilish

Ism
Telefon +998

Qo'ng'iroq buyurtma qilish

Qo'ng'iroq buyurtma qilish